The Athletic tuzgan ro'yxatda Messi tarixdagi eng zo'r futbolchi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan tarixdagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning ilk o'ntaligi quyidagicha: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash va Mishel Platini.
Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ta'kidlanmoqda. Reddit'dagi izohlarda futbol muxlislari o'rtasida qizg'in bahslar avj oldi: ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.
Shuningdek, afsonaviy darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing