date

Granero Arbeloaning murabbiylik ishini yuqori baholadi

Granero Arbeloaning murabbiylik ishini yuqori baholadi

Madridning "Real" klubida to'p surgan Esteban Granero Alvaro Arbeloaning "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Graneroning aytishicha, Arbeloa uzoq muddatli reja zarurligini yaxshi tushunadi, biroq bu rejaning poydevori sadoqat, mustahkamlik va tinimsiz mehnatga borib taqaladi. U jamoada ijobiy energiya borligini ta'kidladi hamda murabbiy hali ko'p narsani qurishi kerak bo'lsa-da, eng muhim qadamlar allaqachon tashlanganini aytdi. Bu fikrlarni DAZN keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Arbeloa yanvar oyida "Real"dagi murabbiylik lavozimida Xabi Alonsoni almashtirgandi. 43 yoshli mutaxassis boshqaruvida "qirollik" klubi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 7 uchrashuvning 5 tasida g'alaba qozondi.

Ayni paytda Madrid jamoasi La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Barselona"dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Granero Arbeloaning murabbiylik ishini yuqori baholadi