Eron Hoʻrmuz boʻgʻozi hududiga yuzga yaqin mina joylashtirgani rostmi?

Axios manbalariga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘oziga kichik kemalar yordamida 100 ga yaqin dengiz minalarini joylashtirgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. AQSh ushbu xavfga qarshi kurashish uchun suvosti dronlari, vertolyotlar va maxsus harbiy kemalarni hududga safarbar etdi. Mutaxassislar bo‘g‘ozning murakkab geografiyasi tufayli minalardan tozalash ishlari bir necha oy davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Axios manbalariga koʻra, Eron Hoʻrmuz boʻgʻozi hududiga taxminan 100 ga yaqin dengiz minasini joylashtirgan boʻlishi mumkin.
Nashr maʼlumotida aytilishicha, bu minaho kichik baliqchilik kemalariga oʻxshash “Gashti” turidagi katerlar orqali tarqatilgan boʻlishi ehtimol qilinadi.
Har bir bunday kater bir necha mina tashish imkoniga ega ekani qayd etilgan.
AQSH tomoni esa ushbu xavfni bartaraf etish maqsadida maxsus texnikalarni jalb etgan. Jumladan, suvosti dronlari, maxsus vertolyotlar hamda USS Chief va USS Pioneer kabi kemalar ishga tushirilgan.
Mutaxassislar fikricha, Hoʻrmuz boʻgʻozining tor va murakkab geografiyasi sababli mina tozalash jarayoni ancha vaqt — hatto bir necha oy davom etishi mumkin.






























Izohlar 0
…