date

Donnarumma Traffordni "Man Siti" asosiy tarkibidan siqib chiqardi

Donnarumma Traffordni "Man Siti" asosiy tarkibidan siqib chiqardi

"Man Siti" darvozaboni Jeyms Trafford joriy mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgani va boshidan kechirayotgan qiyinchiliklari haqida gapirdi. 23 yoshli posbon mavsum boshida Pep Gvardiola tanloviga ko'ra birinchi raqamli darvozabonga aylangan edi. Biroq transfer oynasining so'nggi kunida Italiya terma jamoasi sardori Janluiji Donnarumma "PSJ"dan transfer qilingach, Trafford zaxira o'rindig'iga mixlanib qoldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

O'tgan yozda "Bernli"dan qaytgan angliyalik darvozabon Premyer liganing dastlabki uchta turida maydonga tushishga ulgurgan edi. Hozirda u asosan kubok bahslarida ishtirok etmoqda. Traffordning ta'kidlashicha, uning klubga qaytish qarori kutilgan natijani bermagan bo'lsa-da, bu tajriba uning professional sifatida o'sishiga yordam bermoqda. Futbolchi har kuni o'z ustida ishlashda davom etayotganini bildirdi.


«Mavsum davomida ko'p pasayish va ko'tarilishlar bo'ldi, chunki men yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadim. Yozda qabul qilgan qarorim eng yaxshi natijani bermadi, lekin men ijobiy kayfiyatni saqlab qolishga harakat qilyapman. Bu yil men uchun katta o'rganish maktabi bo'ldi va men har kuni g'alaba qozonishga intilyapman», — deya Trafford o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Trafford kubok o'yinlarida ishonchli harakat qilib, jamoasiga muhim g'alabalarni keltirmoqda. Xususan, u Angliya liga kubogi finalida "Arsenal"ga qarshi o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va Angliya kubogida Muhammad Salaxning penaltisini qaytardi. Endilikda u shanba kuni "Sautgempton"ga qarshi yarim finalda maydonga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, darvozabonga "Aston Villa" tomonidan qiziqish borligi va u yozda jamoani tark etishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Donnarumma Traffordni "Man Siti" asosiy tarkibidan siqib chiqardi