Kristof Froind Manuel Nojerning shartnomasi haqidagi xabarlarni rad etdi

Kristof Froind Manuel Nojerning shartnomasi haqidagi xabarlarni rad etdi
Qisqacha

"Bavariya" sport direktori Kristof Froind Manuel Noyer bilan shartnoma 2027-yilgacha uzaytirilgani haqidagi xabarlarni rasman rad etdi. Uning ta’kidlashicha, klub va tajribali darvozabon o‘rtasida hali rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, biroq o‘zaro muloqotlar davom etmoqda. Noyer hozircha kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan bo‘lsa-da, jamoa tarkibida ishonchli o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Myunxen klubi darvozabonning faoliyatini yakunlash ehtimolini ham inobatga olib, yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

"Bavariya" sport direktori Kristof Froind jamoa sardori Manuel Nojer bilan amaldagi shartnoma 2027-yilga qadar uzaytirilgani haqidagi xabarlarni inkor etdi. Avvalroq Germaniya matbuotida 40 yoshli darvozabon klub bilan kelishuvga erishgani va kelasi mavsumda asosiy tarkibdagi o'rnini Yonas Urbig bilan bo'lishishi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Froind matbuot anjumani chog'ida ushbu mish-mishlardan hayratda ekanini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, klub va futbolchi o'rtasida hali rasmiy muzokaralar o'tkazilmagan. Shunga qaramay, sport direktori Nojer bilan kelajak borasidagi muloqotlar davom etayotganini va darvozabonning jamoa uchun ahamiyati yuqori ekanini ta'kidlab o'tdi.

Nojerning o'zi ham hozircha yakuniy qarorga kelmaganini ma'lum qildi. Jarohatdan so'ng safga qaytgan tajribali posbon Chempionlar ligasi va Germaniya kubogi bahslarida ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Shu bilan birga, Myunxen klubi darvozabonning faoliyatini yakunlash ehtimolini ham ko'rib chiqmoqda va zaxira uchun yangi nomzodlarni, xususan, Daniel Xoyer Fernandesni kuzatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar