The Athletic talqinida tarixdagi eng yaxshi futbolchi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi futbolchi reytingi keng tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ro'yxatning kuchli o'nligida birinchi o'rinni Lionel Messi egallagan. Undan keyingi pog'onalarda Diego Maradona va Pele joy olgan. Shuningdek, top-10 ga Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash hamda Mishel Platini kiritilgan.
Bunday reytinglarni mutlaq xolis tuzish qiyinligi ham ta'kidlanmoqda: Reddit’dagi muhokamalarda futbol ishqibozlari bahsga kirishib ketgan. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi.
E'tiborga molik jihat: darvozabon Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan o'rin olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!