date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme tandemi transferlar hamda seleksiya masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi