Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Juniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirishga ehtiyoj sezayotgan «Boka Juniors»da endi Delgadoning asosiy vazifasi Rikelme bilan birga transfer masalalarini jadallashtirish bo‘ladi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
2003 yilda esa Delgadoning hujumchilik qobiliyati alohida ko‘zga tashlangan — u Libertadores kubogi mavsumida «Santos» vakili Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng ko‘p gol urgan futbolchilari qatoridan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!