Boka Huniors yangi sport direktorini rasman e’lon qildi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi sport direktori lavozimiga yangi nomzodni tasdiqladi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Huan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. “Barselona”ning sobiq futbolchisi bo‘lgan Rikelme bilan birga Delgado jamoani qisqa muddatda kuchaytirish masalalariga bosh-qosh bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, turnirda eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing