date

Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi

Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi

Krishtianu Ronaldu norozilik aksiyasini yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik yulduz hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatining «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati Ronaldu bosimi fonida ikki muhim talabni bajarishga majbur bo'ldi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin bo'lgan sport bo'limidagi shaxslar — Joze Semedu va Simau Kontinyo — o'z vakolatlarini qayta tikladi. Avvalroq bu ikki mutaxassis qishki transfer kampaniyasida muhim rol o'ynay olmagandi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu qo'ygan ikki shartni bajardi