Luis Enrike de Dzerbining ishini yuksak baholadi

Fransiya chempionatining navbatdagi turida “PSJ” prinsipial raqibi “Marsel” ustidan yirik hisobda gʻalaba qozonib, raqibiga deyarli imkon qoldirmadi. Shunga qaramay, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike raqib jamoa ustozi — italiyalik Roberto de Dzerbining ishiga yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Enrike de Dzerbining jamoasiga hujumkor uslub singdirishga intilishini alohida taʼkidlab, uni Fransiya chempionatidagi eng kuchli murabbiylardan biri deb atadi. Mutaxassis soʻzlaridan derbyderbyderby.it nashri iqtibos keltirdi.
Hozirda “PSJ” Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi va “Lans”ni ikki ochko ortda qoldirmoqda. “Marsel” esa hozircha to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing