Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Juniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e'lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi qayd etilmoqda. Endilikda Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda kadrlar masalasida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to'plagan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o'tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purariga aylangan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!