date

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari ro'yxati tuzildi

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari ro'yxati tuzildi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi reytingi keng tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatning kuchli o'nligida Lionel Messi birinchi, Diego Maradona ikkinchi, Pele uchinchi o'rinni egallagan. To'rtinchi pog'onaga Yoxan Kroyf joylashtirilgan bo'lsa, beshlikni Krishtianu Ronaldu yakunlab bergan. Keyingi o'rinlarda Alfredo di Stefano, Frants Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferents Pushkash hamda Mishel Platini qayd etilgan.

Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyin ekani ta'kidlanmoqda. Redditdagi muhokamalarda futbol ishqibozlari qizg'in bahsga kirishib, ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pelening faqat uchinchi o'rinda qolganidan norozi bo'ldi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin mazkur reytingda 18-o'rindan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchilari ro'yxati tuzildi