Chempionlar ligasi finali uchun yangi to'p namoyish etildi

Chempionlar ligasida umumiy bosqich yakuniga yetdi. Endi navbat pley-offga: 16 jamoa pley-off oldi stikov uchrashuvlarida kuch sinashib, 1/8 final uchun sakkizta yo'llanmani talashadi. Umumiy bosqichning eng kuchli sakkiz klubi esa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga chiqib bo'lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, UEFA Chempionlar ligasi finali uchun mo'ljallangan rasmiy to'pni taqdim etdi. Dizayn asosan to'q ranglarda bo'lib, unda oq yulduzlar aks etgan. To'p Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
2025/2026 yilgi mavsum finali Budapeshtda bo'lib o'tadi. “Quloqli” sovrin uchun hal qiluvchi bahs shanba kuni, 30 may sanasida o'ynaladi.
Hozirgi amaldagi chempion — “PSJ”. O'tgan finalda parijliklar “Inter”ni 5:0 hisobida mag'lub etib, raqibiga imkon qoldirmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!