date

Bavariya yozgi transferlarda xavfsiz va istiqbolli yo‘lni tanladi

Bavariya yozgi transferlarda xavfsiz va istiqbolli yo‘lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo‘yicha yo‘nalishini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko‘ra, nemis grandi bu safar tavakkal darajasi past, ammo qaytimi yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga ustuvorlik berishni tanlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rejaga ko‘ra, «Bavariya» bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo‘shmoqchi: ular yoki darhol asosiy jamoada o‘ynashga tayyor bo‘ladi, yoki keyinchalik sotuv orqali klubga foyda keltirishi mumkin.

Shu ma’noda, «Bavariya» bu yili katta yulduzlar ortidan quvishni rejalashtirmayotgandek. Bunday siyosat o‘zini oqlaydimi — buni vaqt ko‘rsatadi.

Hozircha myunxenliklar Bundesligada peshqadam bo‘lib turibdi va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi bahslariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Raqib esa qish yakuniga borib aniq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya yozgi transferlarda xavfsiz va istiqbolli yo‘lni tanladi