Bavariya yozgi transferlar bo'yicha aniq yo'l tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar masalasida strategiyasini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, jamoa bu safar tavakkali past, ammo kelajakda katta foyda keltirishi mumkin bo'lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, klub bir nechta yosh ijrochilarni tarkibga qo'shishni ko'zlamoqda: ular yoki darhol asosiy jamoada o'ynay olishi, yoki keyinchalik transfer orqali klubga daromad keltirishi kerak.
Qisqasi, «Bavariya» bu yil katta yulduzlarni olib kelishga unchalik ham yaqin emas. Bunday yondashuv klubga ayni paytda qanchalik kerakligi esa ochiq qolmoqda.
«Bavariya» Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va asta-sekin Chempionlar ligasi 1/8 finalining mart oyidagi o'yinlariga hozirlikni kuchaytirmoqda. Raqib nomi qish oxirida ma'lum bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!