Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina klubi “Boka Xuniors” yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman ma’lum qildi: bu lavozim Marselo Delgadoga topshirildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarur, endi bu yo‘nalishdagi asosiy vazifalar aynan ushbu duet zimmasida bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing