Romano Vlahovichning Barselonaga otishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovichning «Barselona»ga kochishi ehtimoli so'nggi kunlarda yana faol muhokama qilinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Serbiyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida borishi mumkinligi aytilyapti, chunki uning shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Serbiya terma jamoasi murabbiylar shtabi vakilining so'zlari ham bu mish-mishlarni yanada kuchaytirib yubordi.
Mashhur insayder Fabritsio Romano esa bu gaplarga aniqlik kiritdi: uning ta'kidlashicha, Serbiya murabbiysi bildirgan bayonotlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Vlahovich hozircha hech kim bilan kelishuvga erishmagan, «Yuventus» sport direktori Ottolini ham shartnomani uzaytirish variantini istisno qilmayapti. Romano «Barselona» futbolchi bilan oktyabr oyida aloqaga chiqqanini tasdiqladi, biroq kelishuv ko'p jihatdan Levandovski bilan bog'liq vaziyatga borib taqalishini qo'shimcha qildi.
Vlahovichga qiziqish bildirayotgan klublar orasida «Bavariya», «Milan» va boshqa jamoalar ham tilga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!