date

Stounz "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin: Italiya variantlari bor...

Stounz "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin: Italiya variantlari bor...

"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishi ehtimol qilinmoqda. Uning amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi va klub rahbariyati kelishuvni uzaytirish rejasida emas.

Maʼlumotlarga koʻra, angliyalik futbolchi bir necha Yevropa klublari eʼtiboriga tushgan. Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Stounz xizmatlari Italiyaning bir qator top jamoalariga taklif qilingan.

Shular orasida eng asosiy nomzodlardan biri "Yuventus" hisoblanadi. Turin klubi uning tajribasi va maydondagi universalligiga yuqori baho bermoqda, lekin tez-tez uchraydigan jarohatlar masalada ikkilanish uygʻotmoqda.

Yana bir variant sifatida "Milan" jamoasi tilga olinmoqda. Italiya grandi himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun tajribali markaziy himoyachi izlamoqda.

Stounz “Siti” safida oʻn yilga yaqin vaqt oʻtkazdi va jamoaning muhim qismlaridan biriga aylandi. Endi esa u faoliyatining yangi bosqichi oldida turibdi.

Hozirgi vaziyatda asosiy savol bitta: u Angliyada qoladimi yoki Italiyada yangi sinovni tanlaydimi — buni yozgi transfer oynasi hal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Stounz "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin: Italiya variantlari bor...