Kubarasi Barselonaning mavsumdagi o'sish sirini aytdi

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarasi jamoa joriy mavsum davomida natijalarni qanday qilib keskin yaxshilaganini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Noyabr oyida "Chelsi"dan 0:3 hisobida mag'lub bo'lgach, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa tezda o'ziga keldi: barcha musobaqalar doirasidagi so'nggi 18 o'yindan 17 tasida g'alaba qayd etdi.
Kubarasining ta'kidlashicha, murabbiylar shtabi kiritgan mayda tuzatishlar o'yinga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Himoyachi so'zlariga ko'ra, jamoa o'zgarishlardan keyin darhol yaxshiroq o'ynay boshlagan, Flik singdirayotgan falsafaga ishonch ortgan va shu tariqa "Barselona" tobora ishonchli harakat qilmoqda.
12 fevral, payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Ispaniya kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida Madridda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!