Bavariya yozgi transferlarda xavfi past yo'lni tanladi

Myunxenning «Bavariya» klubi yozgi transferlar bo'yicha yo'nalishini belgilab oldi. The Touchline xabariga ko'ra, klub xavfi past, biroq kelajakda katta foyda berishi mumkin bo'lgan futbolchilarga ustuvorlik bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rejaga ko'ra, «Bavariya» bir nechta yosh ijrochilarni safiga qo'shmoqchi: ular yoki darhol asosiy jamoada o'ynab bera olishi, yoki keyinchalik transfer orqali klubga daromad keltirishi kerak.
Shu bois, joriy yilda grand transferlar va katta yulduzlar ortidan quvish rejalashtirilmayotgani sezilmoqda. Bu qaror to'g'rimi — savol ochiq.
«Bavariya» ayni paytda Germaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining mart oyidagi o'yinlariga tayyorgarlikni bosqichma-bosqich kuchaytirmoqda. Raqib nomi qish yakuniga yaqin ma'lum bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!