Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini rasman e'lon qildi. Endilikda u klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini zudlik bilan kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda va yangi rahbariyat dueti aynan shu yo'nalishda tezkor qarorlar ustida ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori darajada o'ynagan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogida eng yaxshi to'purarlardan biri bo'lgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqa to'purarligi bo'yicha yetakchilik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!