Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktori kim bo‘lishini rasman e’lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Boka Xuniors” tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu sabab Delgado va Rikelme oldida transfer va jamoani mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyati davomida Argentina terma jamoasida ham o‘ynagan: 1995–2002 yillarda terma safida 18 uchrashuvda maydonga tushib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
2003 yilda esa u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing