Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e’lon qildi — klubning ushbu yo‘nalishdagi ishlarini endi Marselo Delgado boshqaradi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezroq kuchaytirishga muhtoj, shu bois Delgado va Rikelme tandemi yaqin transfer va kadrlashuv masalalarida faol ishlashi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga eng yuqori natijani qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!