Argentina chempionatida di Mariyani simulyatsiya uchun tanqid qilishmoqda

Anxel di Mariya vatani Argentinaga qaytdi va dastlabki o'yinlardagi ijobiy natijalardan so'ng u kutilmagan bosim ostida qoldi. Gap uning maydondagi o'yinidan ko'ra ko'proq raqiblar va muxlislar noroziligida: ular di Mariya epizodlarni ko'paytirib, tez-tez simulyatsiyaga boradi, deb hisoblamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentina chempionati muhokama qilinadigan forumlarda «Nega di Mariyani hiylalari uchun hech qachon ogohlantirishmaydi?», «U yulduz, ammo bunday harakatlari endi chidab bo'lmas bo'lib qoldi», «shunday darajadagi futbolchi penaltini shunchalik ochiq so'rab olishi achinarli» kabi fikrlar ko'paygan. Avval «Manchester Yunayted» va «Real»da to'p surgan vinger hozir «Rosario Sentral» safida o'ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing