Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina klubi «Boka Xuniors» yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarur bo‘lib turgani bois, endi asosiy vazifa aynan shu yo‘nalishda bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng ko‘p gol urgan futbolchisi bo‘lgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing