date

Manuel Noyyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi

Manuel Noyyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyyer Germaniya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqidagi savollarga aniqlik kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

JCh oldidan nemislar darvozabonlar chizig‘ida muammolarga duch kelayotgani fonida matbuot bir necha oydan beri tez orada 40 yoshga to‘ladigan Noyyerning bundes jamoaga qaytishi mumkinligini muhokama qilib kelayotgandi.

Chorshanba kuni "Bavariya" Germaniya Kubogi chorak finalida "RB Leyptsig"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar Noyyerdan terma jamoadan ketishi yakuniy qarormi, deb so‘rashdi. Jamoa sardori qisqa javob berdi: «Ha».

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyyer 2024 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manuel Noyyer Germaniya terma jamoasiga qaytmasligini tasdiqladi