date

Arne Slot Salohning navbatdagi rekordiga munosabat bildirdi

Arne Slot Salohning navbatdagi rekordiga munosabat bildirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Mohamed Salohning klub tarixidagi yana bir yutuq ko‘rsatkichiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

33 yoshli hujumchi «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda (1:0) golli uzatma amalga oshirdi va APLda «qizillar» safida assistlar bo‘yicha Stiven Jerrard natijasiga yetib oldi. Shu tariqa misrlik futbolchi afsonaviy sobiq yarim himoyachi bilan birgalikda klub rekordini bo‘lishib turibdi.

«Salohning “Liverpul”dagi rekordlari juda ko‘p. Bu safar u shunchalik buyuk futbolchi bilan tenglashdi. Mo ham, Jerrard ham klub uchun beqiyos ahamiyatga ega. Stiven meni kechirsin, ammo Saloh undan ham o‘zib ketishini istayman», — dedi Slot uchrashuvdan keyingi intervyusida.

Mohamed Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib keladi. Stiven Jerrard esa jamoani undan ikki yil avval tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot Salohning navbatdagi rekordiga munosabat bildirdi