Jeyms Milner APLdagi o‘yinlar rekordini takrorladi

“Brayton” yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni takrorladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni 40 yoshli futbolchi “Aston Villa”ga qarshi bahsda 69 daqiqa maydonda harakat qildi. Uchrashuv “chaykalar” uchun 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Shundan so‘ng Milnerning APLdagi jami o‘yinlari 653 taga yetib, avval bu rekordni yolg‘iz o‘zi ushlab turgan Garet Berrining natijasiga tenglashdi.
Milner 2023 yildan buyon “Brayton” safida to‘p surmoqda. Tajribali хавбек faoliyati davomida “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Aston Villa” va “Lids” klublarida ham o‘ynagan. U Angliya chempionatidagi debyutini “Lids” tarkibida 2002 yil noyabr oyida o‘tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!