date

Ronalduning zal mashg'ulotida qizi ham yonida bo'ldi

Ronalduning zal mashg'ulotida qizi ham yonida bo'ldi

Krishtianu Ronaldu jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Kadrda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ronaldu yonida qizlaridan biri ham ko'rinadi: u ham qo'lida kichik, pushti rangli mini-gantellarni ushlab turib, otasiga ergashmoqda. Jorjina suratga "Dada" deb izoh qoldirgan.

Avvalroq Rodriges Ronaldu tug'ilgan kuni munosabati bilan tabrik postini ham e'lon qilgandi. Qiziq jihati, bu tabrik futbolchining 41 yoshga to'lganidan keyingi kuni joylangan.

So'nggi paytda Ronaldu "Al-Nasr"ning bir nechta o'yinlarini o'tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo'lgani uchun uchrashuvlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronalduning zal mashg'ulotida qizi ham yonida bo'ldi