Zuhra Soliyevani mashhur qilgan film qaysi? Aktrisaning javobi

Aktrisa Zuhra Soliyevaga jurnalist tomonidan: “Sizni mashhur qilgan film qaysi?” degan savol berildi. U esa hech ikkilanmay, “Boyvachcha” filmini tilga oldi.
Aktrisaning ta’kidlashicha, aynan shu kartina uni keng jamoatchilikka tanitgan va ijodiy faoliyatida muhim burilish bo‘lgan.
“Rostini aytsam, meni mashhur qilgan ham o‘sha kino bo‘lgan. Avvallari qayerga bormay, odamlar meni ko‘rib, qoshlaringga bit tushgurni aytgan ayol deb chaqirishardi. Hozir esa ko‘pchilik shunchaki bitta kulib bering deydi. Shu gapni eshitsam, o‘zimning ham kulgim keladi va albatta kulib beraman”, — deya samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi aktrisa.
Zuhra Soliyevaning aytishicha, tomoshabinlarning bunday iliq munosabati unga yanada ilhom bag‘ishlab, san’atga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirayotganini his qildiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!