date

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

"Inter" tarkibdagi tajribali yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni jamoada olib qolish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuttosport xabariga ko'ra, Milan klubi armanistonlik futbolchiga yangi qisqa muddatli kelishuv taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Mazkur bitim 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallanishi mumkin. Hozirgi shartnoma esa 37 yoshli хавбек bilan 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Mxitaryan "Inter" safiga 2022 yilda "Roma"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 3,5 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Mxitaryan bilan shartnomani uzaytirishga tayyor