Ronaldu qizi bilan birga sport zalida mashq qildi

Krishtianu Ronalduning jufti Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat ulashdi. Unda 41 yoshli hujumchi sport zalida gantel ko‘tarib mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kadrda Ronalduning qizlaridan biri ham otasi yonida ko‘rinadi. U ham gantel ushlab turgan, biroq kichik o‘lchamdagi, pushti rangli jihoz bilan.
Surat ostiga Jorjina “Dada”, deb izoh qoldirgan.
Avvalroq Rodriges Ronalduni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan post joylagandi. Qiziq tomoni, o‘sha tabrik futbolchining 41 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib e’lon qilingan.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu “Al-Nasr”ning so‘nggi bir nechta uchrashuvini o‘tkazib yubordi. OAVda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi bo‘lgani uchun o‘yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!