Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida yangi sport direktori ma’lum qilindi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj. Endi Delgado va Rikelme tandemi transferlar va jamoani yangilash masalasida aniq yechimlar topishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado Libertadores kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan. U bu natijani «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!