Ronaldu sport zalida qizi bilan birga mashq qildi

Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda yangi surat bilan bo‘lishdi. Unda yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu sport zalida gantellar bilan mashq qilayotgani aks etgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
41 yoshli futbolchi yonida uning qizlaridan biri ham bor: u ham gantel ushlab turgan, biroq kichikroq va pushti rangdagisi. Jorjina suratga “Dada” deb izoh qoldirdi.
Avvalroq Rodriges Ronalduga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik ham e’lon qilgandi. Qiziq tomoni, ushbu post futbolchi 41 yoshga to‘lganidan keyingi kuni joylangan.
So‘nggi vaqtlarda Ronaldu “Al-Nasr”ning bir nechta uchrashuvini o‘tkazib yubordi. Matbuotda portugaliyalik futbolchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani sabab o‘yinlarni boykot qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!