date

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti, “Barselona”ning sobiq futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme dueti transferlar hamda seleksiya masalalarida faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuv o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tayinladi