date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi

Argentina grandi “Boka Xuniors” klubida sport direktori almashdi: ushbu lavozim Marselo Delgadoga ishonib topshirildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoaga yaqin muddatda tarkibni kuchaytirish zarur, shu bois Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida tezkor va aniq qarorlar qabul qilish vazifasi turibdi.

Delgado futbolchilik faoliyati davomida Argentina terma jamoasida ham to'p surgan: 1995–2002 yillarda 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogida eng ko'p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to'purari bo'lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado keldi