Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Juniors” klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Rikelme avvalroq “Barselona” safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zaruratiga duch kelmoqda va Delgadо hamda Rikelme tandemi aynan shu yo‘nalishda faol ishlashi kutilmoqda.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta o‘yin o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda Delgado “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogi to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!