date

Rossiyada cheklovlar vaqtida ham internetga kirish taʼminlanadi

Rossiyada cheklovlar vaqtida ham internetga kirish taʼminlanadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat va Federal xavfsizlik xizmatiga (FSB) fuqarolarning internetga barqaror va uzluksiz kirishini taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi. Ushbu koʻrsatma hatto tarmoqda cheklovlar joriy etilgan davrlarda ham amal qilishi lozimligi taʼkidlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kreml saytida eʼlon qilingan hujjatga koʻra, asosiy eʼtibor oʻta muhim raqamli servislarning ishlashiga qaratiladi. Birinchi navbatda, sogʻliqni saqlash tizimlari, davlat xizmatlari portali hamda toʻlov tizimlarini oʻz ichiga olgan moliyaviy infratuzilmaning daxlsizligi taʼminlanishi shart.

Mazkur servislar har qanday cheklov choralari qoʻllanilgan taqdirda ham oʻz ish qobiliyatini saqlab qolishi kerak. Bu chora-tadbirlar raqamli iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barqarorligini saqlashga qaratilgan strategiyaning bir qismi sifatida koʻrilmoqda.

Topshiriqning ijrosi hukumat raisi Mixail Mishustin va FSB direktori Aleksandr Bortnikov zimmasiga yuklatildi. Masʼullar amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotni joriy yilning 1-iyuliga qadar taqdim etishlari lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rossiyada cheklovlar vaqtida ham internetga kirish taʼminlanadi