date

Suyuq yoqilgʻi davri tugaydimi? AQSHda inqilobiy plazmali dvigatel yaratildi

Suyuq yoqilgʻi davri tugaydimi? AQSHda inqilobiy plazmali dvigatel yaratildi

Amerikaning The Aerospace Corporation korporatsiyasi zamonaviy kosmonavtikaning eng murakkab texnologiyalaridan biri — parvoz davomida bir necha bor oʻchirib-yoqish mumkin boʻlgan qattiq yoqilgʻili raketa dvigatelini ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatga erishganini maʼlum qildi. Tadqiqotchilar guruhi allaqachon dvigatelning eksperimental prototipini yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Unda minimal energiya sarflaydigan, elektron boshqariladigan plazma impulslaridan foydalaniladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Anʼanaviy qattiq yoqilgʻili dvigatellarning asosiy muammosi shundaki, yoqilgʻi bir marta alanga olgach, u toʻliq yonib bitmaguncha jarayonni toʻxtatib boʻlmaydi. Suyuq yoqilgʻili dvigatellardan farqli oʻlaroq, ularni oʻchirish, qayta ishga tushirish yoki tortish kuchini aniq sozlash imkonsiz edi. Shu sababli murakkab kosmik missiyalar uchun odatda qimmatroq va texnik jihatdan murakkab suyuq dvigatel qurilmalari qoʻllaniladi.

Ushbu masalani hal qilish uchun The Aerospace Corporation mutaxassislari Janubiy Kaliforniya universiteti va Harbiy-dengiz aspiranturasi xodimlari bilan kuch birlashtirdi. Tadqiqotchilar nanosekundli plazma impulslari (NPPD) texnologiyasini sinovdan oʻtkazmoqdalar. Bu usul oʻta qisqa elektr razryadlari yordamida qattiq yoqilgʻining yonish jarayonini boshqarish imkonini beradi. Texnologiyaning asosi davomiyligi 100 nanosekunddan kam boʻlgan yuqori kuchlanishli impulslar orqali past haroratli plazma hosil qilishga tayanadi.

Qattiq yoqilgʻili dvigatellar oʻzining sodda konstruksiyasi, ishonchliligi va nisbatan kichik vaznda yuqori tortish kuchi bera olishi bilan kosmik sohada keng qoʻllaniladi. Ularda murakkab turbonasoslar va klapanlar mavjud emas, bu esa ularni arzon va ekspluatatsiya qilishda qulay qiladi. Yangi texnologiya ushbu afzalliklarni saqlab qolgan holda, yonish jarayonini nazorat qilish va dvigatelni qayta yoqish imkonini beradi.

Ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, yangi tizim turli turdagi qattiq yoqilgʻilarda ishlashi mumkin va ogʻir bosimli baklarni talab qilmaydi. Bu texnologiya CubeSat formatidagi mitti sunʼiy yoʻldoshlar uchun ham, yirik kosmik apparatlar uchun ham mos keladi. Hozirda loyiha tadqiqotlarning dastlabki bosqichida, biroq kelajakda u sunʼiy yoʻldoshlarning orbital manyovrlar qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Suyuq yoqilgʻi davri tugaydimi? AQSHda inqilobiy plazmali dvigatel yaratildi