date

Al-Hilol Kulibali bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi

Al-Hilol Kulibali bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali keyingi mavsumda ham «Al-Hilol» safida to'p suradi. Saudiya klubi rasmiy sayti orqali senegallik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilganini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomonlar yangi kelishuv bo'yicha barcha hujjatlarga imzo chekdi. Shartnoma 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Kulibali «Al-Hilol»ga 2023 yilda kelib qo'shilgan. U bungacha Yevropada «Mets», «Genk», «Napoli» va «Chelsi» klublarida o'ynagan.

Himoyachi Saudiya Arabistoniga yuqori maosh sabab kelganini yashirmagan, keyinchalik esa mahalliy chempionat darajasi ham yomon emasligini ta'kidlagan edi.

Ayni paytda «Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasi turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Al-Nasr» esa bir ochko ortda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Kulibali bilan shartnomani 2027 yilgacha uzaytirdi