Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina giganti «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi. Klub rasmiy bayonotiga ko‘ra, endi bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Sobiq «Barselona» futbolchisi bo‘lgan Rikelme bilan birga ular jamoani tez fursatda kuchaytirish masalasiga jiddiy kirishishi kerak.
Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham tajribaga boy: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan. Delgado bu ko‘rsatkichda «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqa to‘purariga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!