Denis Makarov jarohat sabab muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat oldi va hozircha qachon maydonga qaytishi noma’lum. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tekshiruvlar natijasida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikastlanish hamda shish aniqlangani qayd etildi. Hozirda Makarov davolanishni davom ettirmoqda.
Makarov “Kayserispor” safidagi debyutini 3 fevral kuni “Galatasaroy”ga qarshi o‘yinda o‘tkazgan edi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi, Makarovning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning “Dinamo” klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!