date

FIFA Atletik Bilbaoga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

FIFA Atletik Bilbaoga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi

Bilbao shahrining «Atletik» klubi yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq oldi. The Touchline xabariga ko'ra, FIFA basklar jamoasiga yaqin uchta transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni man etgan va cheklov 2028 yil yanvarigacha davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, bunday qaror me'yoriy talablar bo'yicha ko'plab qoidabuzarliklar aniqlangani ortidan qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yoz «Atletik» transferlarga 20 million yevrodan ortiq mablag' sarflab, Emerik Laportni «Al-Nasr»dan, Xesus Aresoni esa «Osasuna»dan olib kelgandi. Klub siyosatiga ko'ra, jamoada faqat bask ildizlariga ega futbolchilar to'p surishi mumkin.

Hozirgi La Liga mavsumida «Atletik» 23 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan va turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » FIFA Atletik Bilbaoga 2028 yilgacha transfer taqiqi qo'ydi