Mourinyo murabbiy sifatida o'sishiga Messi turtki bergan

Portugaliyalik taniqli murabbiy Joze Mourinyo hozirda Lissabonning «Benfika» klubini boshqarar ekan, «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi bilan kechgan raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mourinyoning aytishicha, Messi bilan to'qnash kelish unga murabbiy sifatida rivojlanish imkonini bergan. Uning ta'kidlashicha, jamoasi «Barselona»ga qarshi har safar maydonga tushganida, u asosiy e'tiborni Messiga qaratib, uni qanday to'xtatish ustida bosh qotirgan.
Eslatib o'tamiz, Mourinyo avvalroq Madridning «Real»i, Londonning «Chelsi»si va boshqa bir qator klublarda ham faoliyat olib borgan.
Lionel Messi hozirda AQSHning «Inter Mayami» jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing