Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini rasman e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, Rikelme avvalroq “Barselona” safida ham to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Boka Xuniors” tarkibni tez fursatda kuchaytirishga muhtoj va endi Delgado hamda Rikelme dueti aynan shu yo‘nalishda faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionati doirasida ham o‘ynagan.
2003 yilda esa Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu unvonni “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!