Bavariya rahbari Upamekano shartnomasi uzaytirilishini izohladi

Juma kuni «Bavariya» muxlislarini himoyachi Dayo Upamekano bilan shartnoma uzaytirilgani haqidagi xabar bilan xursand qildi. Myunxen klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen bu qaror yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Drizenning ta'kidlashicha, Upamekano jamoada top darajadagi futbolchiga aylandi va uning «Bavariya»dagi faoliyatini davom ettirishi klub uchun juda muhim. Rahbar bu holat jamoaning xalqaro futbol sahnasidagi nufuzini yana bir bor ko'rsatishini, futbolchining sadoqati esa klubning sport yo'nalishi hamda jamoa ichidagi sog'lom muhit uchun kuchli ishora ekanini qayd etdi.
«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini 14 fevral kuni safarda «Verder»ga qarshi o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing