Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi yangi sport direktori nomini e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirishga muhtoj ekani ta’kidlanmoqda. Endi Delgado va Rikelme oldida transfer bozorida aniq yechim topish va «Boka»ni kuchaytirish vazifasi turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u 1995–2002 yillar oralig‘ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuv o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi jahon chempionati bahslarida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogida eng ko‘p gol urgan futbolchilar qatoridan joy olgan — «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!