date

Dortmundning Borussiyasi Mayntsni 4:0 hisobida tor-mor qildi

Dortmundning Borussiyasi Mayntsni 4:0 hisobida tor-mor qildi

Germaniya chempionatining 22-turida Dortmundning «Borussiya»si o'z maydonida «Maynts»ni qabul qildi va uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni qo'lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

10-daqiqada Yulian Ryurersonning uzatmasidan so'ng Seru Girasining boshi bilan yo'llagan zarbasi hisobni ochdi. Oradan besh daqiqa o'tib, Ryurerson navbatdagi aniq pasni amalga oshirdi — bu safar Maksimilian Bayer «ikkinchi qavat»da to'pni darvozaga yo'naltirdi. Tanaffus arafasida esa Ryurerson–Girasi bog'lanishi yana ish berdi va mezbonlar birinchi bo'limni 3:0 hisobida yakunladi.

Ikkinchi bo'limda «Maynts» darvozaboni bir necha xavfli vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi: avval Feliks Nmechaning zarbasini qaytardi, keyin burchak zarbasidan keyingi Sheraldo Bekerning urinishiga ham tayyor turdi. Biroq 84-daqiqada Ryurerson uzatgan navbatdagi kornerdan so'ng to'p Dominik Kor orqali o'z darvozasiga kirib ketdi — avtogol va 4:0.

Ushbu g'alabadan keyin «Borussiya» turnir jadvalida «Bavariya»dan uch ochko ortda bormoqda, «Maynts» esa quyi pog'onalarda — oxiridan beshinchi o'rinda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dortmundning Borussiyasi Mayntsni 4:0 hisobida tor-mor qildi