Boka Juniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning “Boka Juniors” klubi sport direktori lavozimiga yangi nomzodni e’lon qildi — bu vazifani Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti, sobiq “Barselona” futbolchisi Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibini tezkor kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda, shu bois Delgado va Rikelme oldida jamoani zarur transferlar bilan mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar turibdi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to‘plagan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillar oralig‘ida 18 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionati o‘yinlarida ham qatnashgan.
Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!